2026/2027-öquv yili uçun jami 677 907 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötdi, deb xabar berdi Bilim va malakalarni baholaş agentligi. Şundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvçilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar taşkil etgan.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar, 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar taşkil etadi. Qayd etilişiça, test sinovlarida 664 609 nafar abituriyent iştirok etadi.

Röyxatdan ötişda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekşirilib, ularning 24 526 tasi tasdiqlangan. Umumta’lim fanlari böyiça 193 186 nafar, çet tillari böyiça esa 125 354 nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent röyxatdan ötgan.

Joriy yilda barça fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqiçiga ötkazilgan. 2025 yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi.

Test sinovlari 10 kun davomida ötkaziladi.