17:32 / 29.06.2022
11054

Prezident maktablariga 1-bosqich imtihonlari o‘tkazilish sanasi ma’lum qilindi

Respublikadagi 14ta prezident maktabida 1-bosqich imtihonlari 1 iyul kuni bir vaqtda boshlanadi. Nomzodlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotnoma olib kelishi kerak.

Foto: Prezident ta’lim muassasalari agentligi

Prezident ta’lim muassasalari agentlik rahbari o‘rinbosari Alisher Ubbiyevning ma’lumot berishicha, Prezident maktablariga ariza topshirganlarga 28 iyunda xabarnoma yuborilib, imtihon haqida batafsil ma’lumot berilgan. Nomzodlar onlayn hujjat topshirgan platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ularga yuborilgan shaxsiy ID raqamini terish orqali o‘zlariga tegishli ma’lumotnomani yuklab olishlari mumkin.

Ma’lumotnomada imtihon o‘tkaziladigan joy, imtihon qonun-qoidalari bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar, imtihonda nechta savol tushishi va ajratiladigan vaqt haqida batafsil tushuntirilgan. Ariza topshirganlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va yuklab olgan ma’lumotnomalarini chop etilgan holatda olib kelishlari kerak.

Imtihon davomida nomzodlar qalam, suv va tibbiy niqoblar bilan ta’minlanadi.

 

Top