Şvetsiya va Finlandiya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning «73 nafar terrorçi»ni ekstraditsiya qiliş talabiga sovuq munosabat bildirdi. Turkiyadagi töntarişga aloqadorlikda gumon qilingan kurdlarni ekstraditsiya qiliş böyiça har qanday qaror mustaqil sudlar tomonidan qabul qilinadi, dedi Şvetsiya adliya va migratsiya vaziri Morgan Yuxansson. Uning yozma izohi 30 iyun, payşanba kuni AFP agentligi tomonidan çop etilgan.

«Şvetsiyada milliy qonunçilikni mustaqil sudlar amalga oşiradi. Şvetsiya fuqarolari ekstraditsiya qilinmaydi. Fuqaroligi bölmagan şaxslar boşqa davlatlar talabiga köra ekstraditsiya qilinişi mumkin, biroq u Şvetsiya qonunçiligi va Yevropa konvensiyasiga muvofiq bölişi kerak», – deydi idora rahbari.

Turkiya 29 iyun kuni Finlandiyadan 12 va Şvetsiyadan 21 gumondorni ekstraditsiya qiliş talabini bildirdi. Bir kun ötib, 30 iyun kuni Erdöğan yana bir raqam – 73 nafar «terrorçi» haqida gapirdi. Anqaraga köra, bu odamlar yo kurd «jangarilari» yoki Erdöğan 2016 yilgi davlat töntarişiga urinişda aybdor deb hisoblagan muxolifatçi Fathulloh Gulen boşçiligidagi guruh a’zolaridir.

«Barça (33 ta) işlar Finlandiyada allaqaçon körib çiqilgan», – deya izoh berdi mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo. Finlandiya Adliya vazirligi Turkiyadan ekstraditsiya böyiça «yangi» sörovlar olmaganini qayd etdi.

Rajab Toyyib Erdöğan, öz navbatida, Turkiya Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişini, agar bu davlatlar Anqara bilan kelişuvlarni bajarmasa, tösib qöyişi mumkinligini aytdi. Turkiya prezidenti Madriddagi NATO sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida tegişli izoh berdi. «Agar Skandinaviya davlatlarining arizasi Turkiya parlamenti tomonidan ma’qullanmasa, NATOga qabul qiliş jarayoni yakunlanmaydi. Şuning uçun Finlandiya va Şvetsiya öz majburiyatlarini bajarişi kerak», – dedi Erdöğan.

29 iyun kuni NATO Şvetsiya va Finlandiyani alyansga a’zo bölişga rasman taklif qildi. Qöşiliş protokollari 5 iyulda imzolanişi kerak. Şundan söng ularni NATOga a’zo 30 ta davlatning barçasi ratifikatsiya qilişi kerak böladi. Agentlik hisob-kitoblariga köra, bu olti oydan sakkiz oygaça davom etişi mumkin.

28 iyun kuni Turkiya, Şvetsiya va Finlandiya rahbarlari Helsinki va Stokholmning NATOga a’zo böliş istiqbollari böyiça Madridda ötkazilgan muzokaralar yakunlari yuzasidan 10 banddan iborat qöşma memorandumni imzoladilar.

Unda qayd etilişiça, uç tomon terrorizmga qarşi kuraşda hamkorlikni kuçaytiriş böyiça qöşma mexanizm şakllantiradi hamda Finlandiya va Şvetsiya bu masala böyiça «içki qonunçilikni yanada qat’iylaştiriş uçun barça zarur çoralarni köradi».

Şvetsiya fuqarolarning etnik kelib çiqişiga oid rasmiy statistikani yuritmaydi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, 10 million aholiga ega mamlakatda 100 mingga yaqin kurd istiqomat qiladi.