Iqtisodiyot | 17:22 / 04.07.2022
17313
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Dollar kursi yana 10 800 so‘mlik nuqtaga yaqinlashmoqda.

Markaziy bank 5 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 13,41 so‘mga arzonlab, 10 836,69 so‘m etib belgilandi, 1 yevro 29,19 so‘mga pasaydi va 11 315,46 so‘mga teng bo‘ldi.

1 rubl 2,41 so‘mga arzonlab, 196,58 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘tgan hafta oxirida dollarning rasmiy kursi 15,84 so‘mga arzonlab, 10 850,10 so‘m etib belgilangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid