Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ilk bor YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi
YuNESKOning Parijda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida tashkilotning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xalqaro tashkilot tomonidan O‘zbekistonning YuNESKOdagi istiqboli yana bir bor e’tirof etildi. Dunyoning 180 davlati vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekiston Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya, Estoniya kabi davlatlarni ortda qoldirib, 105 mamlakat ovozini to‘plagan holda o‘zib ketdi.
Tadbirda bu ishlarda O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi rahbariyati, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, mamlakatning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasining hissasi katta ekani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita tarkibiga Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo bo‘lgan 24 davlat vakillari kiritilgan. Uning a’zolari 4 yil muddatga saylanadi. Shuningdek, a’zolarining yarmi har 2 yilda qayta saylanadi.
Mavzuga oid
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
18:35 / 30.10.2025
Samarqandda YuNESKOning 43-bosh konferensiyasi ish boshladi
22:02 / 20.10.2025