30 oktyabr kuni BMTning Ta’lim, fan va madaniyat taşkiloti – YuNESKOning sönggi 40 yillikda Parijdan taşqarida ötayotgan ilk konferensiyasi Samarqandda oçildi. Şavkat Mirziyoyev Slovakiya va Serbiya prezidentlari hamda taşkilot boş kotibi bilan global tadbirni oçib berdi. Anjumanda qatnaşiş uçun 2800 dan ortiq delegatlar Özbekistonga kelgan.

Boş konferensiya 30 oktyabrdan 13 noyabrga qadar davom etadi, birinçi kunda oçiliş sessiyasi ötkazilmoqda. Taşkilotga a’zo 190 dan ortiq davlatlarning delegatlari Samarqandda yiğilgan, demak endi YuNESKOning yangi qarorlari Parijdan emas, Samarqanddan qabul qilinadi.

Özbekiston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, 200 ga yaqin davlatdan 2800 dan ortiq delegatlar uşbu tadbirda qatnaşmoqda. Şuningdek, 70 ga yaqin yuqori martabali mehmonlar ham iştirokçilar qatorida. Global tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston prezidenti bilan birga Serbiya va Slovakiya prezidentlari - Aleksandr Vuçiç hamda Petter Pelegrinilar qatnaşmoqda, YuNESKO boş direktori Odri Azule moderatorlik qilmoqda.

“Şiddat bilan özgarayotgan dunyoda gumanitar sohada global konsensus va köp tomonlama hamkorlik mexanizmlarining zaiflaşgani albatta barçamizda jiddiy taşviş uyğotmoqda. Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar ta’sirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniyat meros katta ziyon körmoqda. Davlatlar örtasidagi bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalaniş böyiça tafovut ortib bormoqda. Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qaşşoqlik kuçaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YuNESKOning asosiy vazifalarini töliq amalga oşiriş böyiça say-harakatlarimizni har qaçongidan ham köproq birlaştirişni taqozo etmoqda. Biz YuNESKOning oliyjanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”, - deydi prezident Mirziyoyev öz nutqida.

Boş konferensiya doirasida 150 dan ortiq tadbirlar, mezbon Özbekistonning taşabbusi bilan 20 dan ortiq qöşimça uçraşuvlar ötkazilgan. Bu tarixiy konferensiyani yoritiş uçun esa dunyoning yetakçi OAVlaridan 500 dan ortiq jurnalist va muxbirlari yetib kelgan, deydi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

“Bu şahar – yozuvçi Amin Maaluf ta’riflaganidek, yerning quyoşga yuzlangan eng gözal siymosidir. Bu yerda qadimgi Suğdiyona va Baqtriya davrlaridan beri xalqlar sayohat qilgan, savdo-sotiq bilan şuğullangan va muloqotda bölgan. Yunonlar, forslar, arablar, turklar, möğullar va boşqa köplab xalqlar bu yerda öz izini qoldirgan. Aytilgan sözdan qaytilmaydigan buyuk savdo maskani – Samarqand turli davrlarda mustahkam qal’a, imperiya poytaxti, karvonlar töxtaydigan manzil, ilm-fan markazi va san’at beşigi bölgan. Şaharning ilmiy va intellektual merosi zamonaviy dunyoni şakllantirgan. Köp tomonlama munosabatlarning ahamiyati şubha ostiga olinayotgan bir paytda, biz birgalikda muloqotimiz va amaliy harakatlarimizning dolzarbligini isbotladik. Bu – uşbu tanqidlarga biz bera oladigan eng yaxşi javobdir. Sönggi sakkiz yil davomida biz faoliyatimizning markaziga muloqotni – konsensus usulini qöyişga erişdik. U barça me’yoriy va amaliy taşabbuslarimizni qöllab-quvvatlaş uçun nafaqat davlatlarni, balki fuqarolik jamiyatlarini, eng ilğor mutaxassislarni, yirik kompaniyalarni va keng jamoatçilikni ham öz içiga oladi”