Coliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tizimi o‘zgarishi kutilyapti
Vazirlar Mahkamasining “Coliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi negizida yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar markaziy ma’lumotlar bazasi ishga tushirilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Davlat personallashtirish markazining:
- O‘zbekiston hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish jarayonida;
- xorijiy davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish jarayonida ularni bir vaqtning o‘zida soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda jismoniy shaxslarni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish bo‘yicha axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlaydi.
Yuridik shaxs rahbar va (yoki) hisobchi ma’lumotlari o‘zgarganda, yuridik shaxsning mansabdor shaxsiga bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali soliq organlarini xabardor qilish majburiyati yuklatiladi.
Mavzuga oid
10:28 / 12.09.2022
Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi
15:19 / 09.09.2022
Foydalanilmayotgan obektga nisbatan oshirilgan soliq natijasida hosil bo‘lgan qarz hisobdan chiqarildi
08:07 / 09.09.2022
Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
17:26 / 07.09.2022