Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri e’lon qilindi

Foto: Fotolia
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha davlat soliq xizmati organlar tizimini isloh etishni davom ettirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish salmog‘ini kengaytirish, xodimlar ish samaradorligini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanmoqda.
Loyiha bilan soliq organlari asosiy vazifalari, soliq nazorati, soliq organlari huquq va majburiyatlari, soliq organlari davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar va banklar bilan hamkorligi, soliq organlari mansabdor shaxslarini tayinlash, soliq organlari mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish, soliq organlari mansabdor shaxslari malakasini oshirish va javobgarligi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, loyiha qabul qilinishi bilan:
- soliq organlarida mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish usullarini joriy etish, intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatiga ko‘maklashish, soliq majburiyatlarini amalga oshirish qulay, tushunarli va og‘ir bo‘lmagan mexanizmlari yaratiladi;
- soliq ma’muriyatchiligi sifat jihatidan o‘zgartirilishi ta’minlanadi, uning usullari samaradorligini va soliq bazasini qamrab olish darajasi kengayadi;
- raqobat muhitini rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi;
- soliq organlari faoliyatini va soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini raqamli transformatsiya qilish hamda yangi axborot mahsulotlarini joriy etish ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Iqtisodiyot | 19:04
-
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:41
-
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari
Jamiyat | 18:33
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025