Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda neft va gaz konlarini topish uchun geologiya-qidiruv ishlari olib boriladi
«O‘zbekgeofizika»ga qarashli «Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi» filiali Xorazmning neft va gazga istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazadi.
Shahar va tuman hokimliklari, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, viloyat o‘rmon xo‘jaligi bilan birgalikda geofizik qidiruv ishlari aholi va fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘siqlarsiz olib borilishida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Xorazm viloyati IIB «Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi»ga tegishli bo‘lgan maxsus geofizik texnikalari, asbob-uskunalari va kabellarini o‘rnatilgan tartibda qo‘riqlash hamda maxsus geofizik texnikalarining ko‘chirilishida kuzatish ishlarini olib borish bo‘yicha amaliy yordam beradi.
«Chapqirg‘oq Amudaryo» irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini doimiy harakati va suv nasoslarini ishlashi seysmik qidiruv ishlari uchun zararli bo‘lgan yuqori fondagi to‘lqinlarni keltirib chiqarishining oldini olinishi ta’minlanadi.
Davlat kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi shahar va tuman hokimliklari bilan birganlikda seysmik qidiruv ishlari o‘tkaziladigan maydonda maxsus texnikalarning harakatlanishi uchun yo‘llarni ochish, aholi va fermer xo‘jaliklariga yetkazilgan zararni qoplash hamda o‘lchash va hisob-kitob ishlarida amaliy yordam beradi.
Mavzuga oid
08:41
Jahonning eng yirik oltin konlari: O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026