Apple rossiyaliklar ma’lumotini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi
Rossiyada mamlakat fuqarolarining ma’lumotlarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun Apple kompaniyasiga 2 million rubl to‘lash majburiyati yuklandi. Bu kompaniyaning ushbu moddaga muvofiq to‘lashi kerak bo‘lgan birinchi jarimasi.
Moskva sudi Amerikaning Apple Inc. korporatsiyasini rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun 2 million rubl jarimaga tortdi, deb xabar berdi 12 iyul, seshanba kuni sud zalidan «Interfaks» va TASS muxbirlari. Apple ushbu modda bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hududida birinchi marta javobgarlikka tortildi.
Majlisda kompaniya vakillari korporatsiya Rossiyada ma’lumotlar yig‘ish uchun javobgar emasligini, bu bilan boshqa kompaniya - Apple Distribution Ltd shug‘ullanayotganini ta’kidladi. Roskomnadzor vakili shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha vakolat Apple Distribution’ga topshirilganiga qaramay, Apple Inc. ularni to‘plash uchun javobgar ekanligini bildirdi.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, rossiyalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlovchi rus va xorijiy kompaniyalar ularni faqat mamlakat hududida saqlashi kerak.
12 iyul kuni xuddi shu sud Speedtest internet tezligini o‘lchash xizmatiga egalik qiluvchi Amerikaning Ookla kompaniyasi va video-konferens-aloqa xizmati egasi Amerikaning Zoom Video Communications Inc.’ni Rossiyada ma’lumotlarini mahalliylashtirishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortdi. Ular 1 million rubl miqdorida jarima to‘lashlari kerak.
Bundan tashqari, frilanserlar bilan ishlash bo‘yicha Freelancer.com xizmatiga ega bo‘lgan Avstraliyaning Freelancer International Pty Limited kompaniyasi va Tinder tanishuv saytining egasi Amerikaning Match Group LLC uchun ham shunga o‘xshash protokollar tuzilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq Pinterest fotoxostingi, turar joyni ijaraga olish bo‘yicha Airbnb servisi, Twitch striming xizmati, Amerikaning United Parcel Service tezkor yetkazib berish kompaniyasi va Google internet giganti xuddi shu modda bo‘yicha jarimaga tortilgan edi.
Mavzuga oid
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024