Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Eron islomiy kengash majlisi raisini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Eron islomiy kengash majlisining raisi Muhammad Bagir Qolibofni qabul qildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, rasmiy xabarda aytilishicha, davlat rahbari hamda Eron islomiy kengash majlisining raisi mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish borasida fikr almashdi.
Bundan oldin Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Eron islomiy kengash majlisi raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Eron o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlar rolini kuchaytirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026