Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) kovid bilan kasallaniş holatlari soni köpayişidan jiddiy xavotirda, bu butun dunyo böylab yuklama bilan işlayotgan tibbiy xizmatlar işini murakkablaştirmoqda.

«Virusning yangi tölqinlari yana bir bor COVID-19 hali tugamaganini yaqqol körsatmoqda», dedi JSST rahbari Tedros Gebreisus matbuot anjumanida. Uning sözlariga köra, virus butun dunyo böylab erkin harakatlanmoqda, köplab davlatlar esa oğir ahvoldagi bemorlarni va postkovid asoratlarini davolaş yukini kötara olmayapti.

JSSTning kovid böyiça favqulodda qömitasi yiğiliş ötkazib, pandemiya hamon aholi salomatligi uçun xalqaro miqyosdagi tahdid bölib qolayotgani haqidagi xulosaga kelgan. JSST Favqulodda vaziyatlar dasturi ijroçi direktori Maykl Rayan sönggi ikki hafta içida koronavirus yuqtirib oliş holatlari asosan Omikron BA.4 va BA.5 ştammlari tufayli 30 foizga oşganini aytdi.

Şu bilan birga, JSST qömitasi virus evolyutsiyasi trayektoriyasi va paydo bölayotgan yangi ştammlarning xususiyatlari «noaniq va oldindan başorat qilib bölmas» darajada ekanini tan oladi.

BA.4 va BA.5 nima?

Koronavirusning BA.4 va BA.5 turlari birinçi marta ötgan yili Janubiy Afrikada aniqlangan. Şundan söng, butun dunyo böylab tez tarqalgan. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, ular tez orada Yevropa va Amerikada dominant bölib olişi mumkin.

Kovid, barça viruslar singari, öz RNKsini klonlaş orqali köpayadi, ammo bu mexanizmni ideal deb ataş qiyin. Nusxa olişdagi xatolar (mutatsiyalar) yangi virusning genetik jihatdan matritsadan bir oz farqlanişiga olib keladi. Agar bunday özgarişlar unga foyda keltiradigan bölsa, yangi variant eskisiga nisbatan ustunlikka ega böladi va keyingi muvaffaqiyatli mutatsiyaga qadar dunyo böylab tarqaladi.

Koronavirusning eng maşhur genetik versiyalari orasida ommaviy infeksiya tölqinlarini keltirib çiqargan «Alfa» va «Delta» bor edi.

BA.4 va BA.5 – Omikron variantining yaqin qarindoşlari, ötgan qişda kasalliklar tölqiniga sabab böldi, ammo salomatlik uçun xavfi kamroq ekani isbotlandi. Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga köra, undan ölim darajasi pastroq, şifoxonaga yotiş ehtimoli ham kam.

Mart oyidayoq JSST uşbu variantlarni kuzata boşlagandi, çunki ular boşqalarga qaraganda tezroq tarqaldi.

Darhaqiqat, bugungi kunda ular Yevropaning köplab davlatlarida aniqlangan va koronavirusning boşqa turlarini öz soyasida qoldirgan. Masalan, Portugaliyada bu BA.5 ştammi bilan sodir böldi. Şunga öxşaş tendensiyalar AQŞ va hatto Avstraliyada ham kuzatilmoqda.