Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda ma’lum qilinişiça, 2000–2024 yillar davomida aholining izçil emlanişi natijasida dunyoda qizamiqdan ölim 88% ga qisqargan. 2000 yildan beri qizamiqqa qarşi vaksinalar qariyb 59 million odamning hayotini saqlab qolgan.

Şunga qaramay, 2024 yilda qizamiqdan 95 ming kişi vafot etgan, ularning aksariyati beş yoşdan kiçik bolalardir. Bu 2000 yildan buyon kuzatilgan eng past yillik ölim körsatkiçlaridan biri.

Vafotlar kamaygan, biroq global miqyosda qizamiq bilan kasallaniş soni oşmoqda: 2024 yilda taxminiy infeksiya holatlari soni 11 millionni taşkil etgan, bu pandemiya boşlanişidan oldingi 2019 yilga nisbatan qariyb 800 mingta köp.

Hisobotga köra, 2024 yilda qizamiq bilan kasallaniş 2019 yilga nisbatan:

  • Şarqiy Örta Yer dengizi mintaqasida – 86%,
  • Yevropa mintaqasida – 47%,
  • Janubi-Şarqiy Osiyo mintaqasida – 42% oşgan.

Afrika mintaqasida emlaş qamrovi kengaygani tufayli kasallaniş 40% ga, ölim esa 50% ga kamaygan.

Sönggi kasallaniş tölqinlari bolalar oziqlanişi yaxşiroq va tibbiy yordam oliş imkoniyatlari kengroq bölgan mamlakatlarda kuzatilmoqda. U yerlarda bolalar qizamiqdan kamroq vafot etyapti, biroq infeksiyalanganlar kör bölib qoliş, pnevmoniya va ensefalit (miya töqimalarining infeksion yalliğlanişi) kabi oğir umrboqiy asoratlar xavfi ostida qolmoqda.

“Qizamiq dunyodagi eng yuqumli virusdir. U çegaralarni tan olmaydi. hududlardagi har bir bolani emlaş ularning hayotini saqlab qoladi, iqtisodiy yöqotişlarning oldini oladi va butun mamlakat böylab kasallikni yöqotiş imkonini beradi”, – deydi JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.

Emlaş darajasi hali ham barça aholi qatlamlarini töliq qamrab olmayapti

JSST va YUNISEF hisob-kitoblariga köra, 2024 yilda bolalarning 84%iga qizamiq vaksinasining birinçi dozasi qilingan, biroq atigi 76%i ikkinçi dozani olgan. Bu avvalgi yilga nisbatan biroz yaxşi körsatkiç bölib, emlangan bolalar soni 2 millionga oşgan. JSST tavsiyalariga köra, infeksiya tarqalişini töxtatiş va epidemiyalarning oldini oliş uçun ikki doza bilan kamida 95%lik qamrov zarur.