Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekistonga ijtimoiy loyihalar uchun texnik yordam hajmini oshirmoqchi
Koreya Respublikasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yo Sin Pe bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Koreya delegatsiyasi Koreya Respublikasi yangi rahbariyati strategik sheriklik rivojlanishiga alohida jadallik bag‘ishlaydigan, barcha yo‘nalishlarda uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratayotgan oliy darajadagi qardoshlik va ishonchli munosabatlarni saqlashga qat’iy e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Tomonlar ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari o‘rtasida muntazam muzokaralar o‘tkazish, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi yirik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va Pusan shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-forumi o‘tkazish uchun tashrifini tashkil etishga kelishdi.
Muzokaralar yakunida Koreya hukumati tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun texnik yordam hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
12:50
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:24 / 30.01.2026
O‘zbekiston diplomatlari Koreyada jazo o‘tayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
12:30 / 29.12.2025