15:44 / 16.07.2022
7485

Senatda «Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 16 iyul kuni Senatga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama etildi.

Foto: Oliy Majlis Senatining axborot xizmati

Senat Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, qator vazirlik, idoralar, ilmiy va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Muhokama chog‘ida qonun tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi huquqiy bazani mustahkamlashga qaratilgani va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgani ta’kidlandi. 

Qonun mehnat migrantlarining jo‘nab ketishi, ishga joylashishi, ishlash muddati, qaytib kelishi va reintegratsiya qilinishi bilan bog‘liq barcha jihatlarni tartibga solish imkonini beruvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Senatorlar vazirlik va idoralar, ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan qonunni takomillashtirish bo‘yicha 60 dan ortiq turli takliflar kiritilganini ta’kidladi. Majlis doirasida har bir taklif muhokama qilindi.

Top