Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Mikolayivda yonayotgan dalalar, Vinnitsada 4 yoshli Liza bilan xayrlashuv. Urush suratlari
17 iyul kuni Vinnitsada rossiyaliklarning payshanba kungi raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlarni dafn qilish marosimi o‘tkazildi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi shtabi boshlig‘i Toni Radakin Rossiya urushda qo‘shinlarining uchdan bir qismini yo‘qotgani — 50 ming kishi halok bo‘lgan yoki yaralanganini ma’lum qildi. Ammo Rossiya qo‘shini har kuni Ukraina shaharlari va qishloqlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Quyida 17 iyul kuni - urushning 144-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv
Xarkiv oblastidagi ferma hududida yakson etilgan zirhli texnika, ushbu fermadan Rossiya armiyasi harbiy baza sifatida foydalangan
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivdagi 134-maktabning yuqoridan ko‘rinishi, maktab Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan. Shahar Rossiya tomonidan muntazam o‘qqa tutilmoqda; Amerikaning Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) mutaxassislari hisoblashicha, Putin oblastni egallash uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin, dastlabki urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, may oyida ortga chekinilgandi. Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivoblasti
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Mikolayev oblasti o‘qqa tutilishi chog‘ida yonib ketgan bug‘doy dalasida olovni o‘chirishmoqda. Oblastdagi shaharlar va hozirda g‘alla hosilini yig‘ib olish ishlari ketayotgan qishloqlar doimiy ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Foto: Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Alchevska «LXR» jangchilari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatlari. Tan olinmagan respublika rasmiylari 16 iyul kuni shahar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan amerikaliklar yetkazib bergan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali o‘qqa tutilganini aytgandi; trolleybus-avtobus deposi vayron bo‘lgan, bir necha turar joy binolari shikastlangan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Ukrainalik sanitarka Donbassdagi janglar vaqtida yaralangan harbiyga yordam ko‘rsatmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Donbassdagi front chizig‘i yaqinidagi ukrain zirhli texnikalari
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinidagi aholi punktidan bo‘lgan bola Donbassda ukrainalik harbiylar bilan gaplashib turibdi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar 14 iyul kuni Vinnitsani o‘qqa tutishi chog‘ida halok bo‘lgan to‘rt yoshli Liza Dmitriyevaning janoza marosimi. Bu hujum oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bolalar. Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Dmitriyevlar oilasi yaqinlari to‘rt yoshli Lizaning dafn marosimida. Liza onasi Irina bilan 14 iyul kuni logoped mashg‘ulotlariga borayotganida Rossiya armiyasi shaharga raketalar yog‘dirdi. Urushdan qochib oilasi bilan Kiyevdan Vinnitsaga kelgan Irina Dmitriyevaning bir oyog‘i uzilib ketgan, ammo tirik qolgan; Liza voqea joyida halok bo‘lgan. Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA