Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi 4 yilda Qoraqalpog‘istonda YaIM va aholi daromadlari 2 barobardan ko‘proq oshdi - vazir o‘rinbosari
Qoraqalpog‘iston yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 10,8 trilliondan 2021 yilda 26,6 trillion so‘mgacha o‘sdi. Mos ravishda ushbu davrda hududda aholi jon boshiga daromadlar ham 4,9 million so‘mdan 11 million so‘mgacha ko‘tarilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Atamurat Shamuratov ma’lum qildi.
«Qoraqalpog‘istonda YaIM asosan sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘sib bormoqda. Bunday o‘zgarishlar shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va uning huquqiy asosi bo‘lgan «2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilangan chora-tadbirlar asnosida amalga oshirilmoqda», – dedi vazir o‘rinbosari Kun.uz bilan suhbatda.
Xususan, 2020–2022 yillarda hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 12,3 trln so‘mlik 1 359 ta loyihani ishga tushirish va 17,5 mingta yangi ish o‘rnini yaratish belgilangan. Bundan tashqari, qarorga asosan ichimlik suvi va energetika ta’minotini yaxshilash, yo‘llar, maktab-bog‘chalar va shifoxonalarni ta’mirlash hamda qayta qurish kabi aholi yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarining o‘ziga xos «o‘sish nuqtasi» deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub’yektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’yektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar:
- yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan;
- foyda solig‘i va suv solig‘i to‘lovini amaldagi belgilangan soliq stavkalarining 50 foizi miqdorida amalga oshirib kelmoqda.
«2017 yildagi YaIMga nisbatan aholi jon boshiga daromadlar 4,9 million so‘mdan 2021 yilda 11 million so‘mgacha ko‘tarildi. Qarorda belgilangan ko‘plab yengilliklar hamda kiritilayotgan investitsiyalar evaziga aholining turmush darajasi yanada oshib borishiga ishonamiz», – deydi Atamurat Shamuratov.
Mavzuga oid
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
20:18 / 24.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Birinchi chorakda YaIM 8,7 foizga o‘sdi
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
08:04 / 04.04.2026