O‘zbekiston | 08:36 / 19.07.2022
7214
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar qanday miqdordagi tovarni bojxona to‘lovini to‘lamasdan olib kirishi mumkinligi ma’lum qilindi

Jismoniy shaxslar ayrim miqdorlardagi tovarlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan O‘zbekistonga olib kirishi mumkin.

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ular quyidagicha:

  • O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib o‘tishda – 2 000 AQSh dollari;
  • O‘zbekiston davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 1 000 AQSh dollari;
  • O‘zbekiston davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 300 AQSh dollari;
  • xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – bir kalendar chorak mobaynida 1 000 AQSh dollari;
  • xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – 100 AQSh dollari.

Mavzuga oid