Jahon | 21:39 / 19.07.2022
10891
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada ko‘mir narxi qimmatlagani sababli aholiga kompensatsiya to‘lanadi

Avvalroq Polsha Rossiyadan ko‘mir import qilishni butkul taqiqlagandi. Natijada bozorda ko‘mir narxi keskin oshib ketdi.

Foto: Getty Images

Polsha fuqarolari ko‘mir qimmatlagani sababli uch ming zlotiy (640 dollar) miqdorida kompensatsiya oladi, deb ma’lum qildi mamlakat iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva.

"Bugun vazirlar kengashida bevosita kompensatsiya to‘lanishini taklif qildik. Ko‘mirda isitiladigan manbaga ega bo‘lgan har bir uy xo‘jaligiga uch ming zlotiydan kompensatsiya to‘lanadi", - dedi u.

Avvalroq Polsha Rossiyadan ko‘mir import qilishni butkul taqiqlagandi. Natijada bozorda ko‘mir narxi keskin oshib ketdi. Xususiy yetkazib beruvchilar bir tonna ko‘mirni uch ming zlotiydan sotmoqda.

O‘z navbatida, mamlakat prezidenti Anjyey Duda ko‘mirning tonnasini iste’molchilarga 996 zlotiydan (210 dollar) baland narxda sotmaydigan firmalarga kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid