Jahon | 17:33 / 19.07.2022
23301
2 daqiqa o‘qiladi

Shoygu Ukrainadagi «Sharq» guruhi pozitsiyasiga bordi. Ushbu guruh qo‘mondoni kimligi oshkor bo‘ldi

Foto: ALEXEI NIKOLSKY/TASS

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan «Sharq» («Vostok») guruhi pozitsiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida Shoygu guruh qo‘mondoni general-leytenant Rustam Muradovning frontdagi vaziyat bo‘yicha hisobotini tinglagan. Ushbu guruh qo‘mondoni ismi-sharifi vazirlik tomonidan ilk bor oshkor etilgan.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Shoygu birinchi galda Ukraina armiyasining uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa va artilleriya qurollarini yo‘q qilishga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq bergan, bunday vositalar orqali «Donbassdagi turar joy kvartallari o‘qqa tutilib, bug‘doy ekilgan dalalar va g‘alla saqlanayotgan omborlarga qasddan o‘t qo‘yilayotgani» aytilgan.

  • 16 iyul kuni RF mudofaa vazirligi Shoygu «Janub» (qo‘mondoni general Sergey Surovikin) va «Markaz» (qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin) guruhlarida bo‘lganini xabar qilgandi.
  • Mudofaa vaziri bundan oldin Ukrainadagi rossiyalik harbiylar pozitsiyalariga iyun oyi oxirida kelgandi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid