"Bu terrorni to‘xtatishga yordam beringlar". Yelena Zelenskaya AQSh kongressida chiqish qilib, ko‘proq qurol berishlarini so‘radi
Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya AQSh kongressida chiqish qildi va qonun chiqaruvchilarni mamlakatni Rossiya agressiyasidan himoya qilish uchun Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Zelenskaya ukrain tilida nutq so‘zladi. Kongress a’zolari uni olqishlar bilan qarshi olishdi. U nutqi avvalida bu Amerika kongressida boshqa mamlakat prezidenti rafiqasining ilk bor chiqish qilishi ekanligini qayd etdi.
Zelenskayaning nutqi avvali Rossiya agressiyasi parokanda qilgan oilalar, bolalar va tinchlikka bag‘ishlandi. U Rossiya zarbasi oqibatida halok bo‘lgan va tinch ukrainaliklarning uqubatlari timsoliga aylangan vinnitsalik qizaloq Liza aks etgan videoni namoyish etdi. Shuningdek, Zelenskaya Kremenchugga berilgan zarba qurbonlari hamda Rossiya agressiyasining boshqa ko‘plab qurbonlari tasvirlangan foto va videolarni ko‘rsatdi.
"Umumiy qadriyatlarimiz, hayotimiz va mustaqilligimiz uchun kurashimizda AQSh biz bilan birga ekanligidan minnatdormiz. Rossiya o‘ldirmoqda – AQSh qutqarmoqda", - dedi u.
Ukrainaning birinchi xonimi kongressmenlardan Ukrainani himoya qilish uchun qurolli kuchlarga qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishni davom ettirishni so‘radi.
"Ukraina xalqiga qarshi terrorni to‘xtatishga yordam beringlar", - dedi u.
Zelenskaya Ukraina hukumatida hech qanday rasmiy lavozimga ega emas, ammo urushning to‘rt oyi davomida siyosatchilar, jamoat tashkilotlari va jurnalistlar bilan o‘z darajasida muloqot olib bormoqda.
AQShning misli ko‘rilmagan yordami
Kiyev G‘arbdan iloji boricha ko‘proq hajmda yordam olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda.
To‘rt oy avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Kiyevga qo‘shimcha harbiy texnika taqdim etishlarini so‘rab kongressga murojaat qilgandi.
Rossiya tajovuzidan so‘ng Amerika kongressi Ukrainaga qariyb 40 mlrd dollarlik misli ko‘rilmagan yordam paketini ma’qulladi. Bu miqdorning katta qismi harbiy ehtiyojlarga, qolgani infratuzilmani tiklash va Yevropadagi qochqinlarga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Yelena Zelenskaya tashrifi davomida AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan ham uchrashdi. Agentlik Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlash va gumanitar ehtiyojlar hamda Rossiya agressiyasi tufayli yuzaga kelgan global oziq-ovqat yetishmovchiligiga qarshi kurashish uchun milliardlab dollar ajratgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
-
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
Jahon | 17:59
Mavzuga oid
16:57
Yevropaning ham o‘z “Temir gumbaz”i bo‘lishi kerak - Zelenskiyning Davosdagi nutqi
15:12
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
14:28
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
21:16 / 21.01.2025