Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qotillik va firibgarlik jinoyatlari oshgani ma’lum qilindi
2022 yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida qasddan odam o‘ldirish, badanga shikast yetkazish, haqorat qilish hamda firibgarlik kabi jinoyat turlari oshgan. Bu haqda Navoiy viloyati sudi raisi Hamidulla Qudratov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, 2022 yilning o‘tgan 6 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan 1 005 nafar shaxsga nisbatan 784 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Ularning 104 nafari ayollar, 423 nafari yoshlar, 25 nafari 60 yoshdan oshgan fuqarolar.
Ushbu davrda 735 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularning 54 nafariga jarima, 5 nafariga majburiy jamoat ishlari, 281 nafariga axloq tuzatish ishlari, 179 nafariga ozodlikni cheklash, 216 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha 11 nafar shaxs esa sudlar tomonidan oqlangan.
Hamidulla Qudratovga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan viloyatda qasddan odam o‘ldirish 2 taga, qasddan badanga shikast 4 taga, haqorat qilish 21 taga hamda firibgarlik 30 taga oshgan. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish, pora berish, mansab soxtakorligi kabi jinoyat turlari esa kamaygan.
Shuningdek, yanvar-iyun oylarida viloyatda fuqarolik sudlari tomonidan 10 448 ta, ma’muriy sudlar tomonidan 479 ta ish ko‘rib chiqilgan. Viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan esa 2 325 ta ish ko‘rilib, jami 241,3 mlrd so‘mlik qarz va yetkazilgan moddiy zararlarni da’vogarlar foydasiga undirish haqida qarorlar qabul qilingan.
Mavzuga oid
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
13:58 / 14.07.2026
Navoiyning ham ayrim hududlarida bog‘chalar vaqtincha yopildi
14:33 / 09.07.2026
Tergov izolyatorida vafot etgan navoiylik tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi
13:31 / 04.07.2026