Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XKSning Rossiya va Italiyadan bo‘lgan ekipaj a’zolari ochiq fazoga chiqdi
Oleg Artemev va Samanta Kristoforetti Yevropaning ERA manipulyatori uchun adapterni «Poisk» moduliga o‘rnatadilar. Ular 6 soatdan ko‘proq vaqtini XKSdan tashqarida o‘tkazadi.
Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev va Yevropa kosmik agentligi (ESA) astronavti Samanta Kristoforetti 21 iyul, payshanba kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tashqarisida bir qator ishlarni amalga oshirish uchun ochiq fazoga chiqdi. Ular stansiya tashqarisida taxminan olti yarim soat vaqt davomida bo‘lishi kutilmoqda.
Xabar e’lon qilingan vaqtga kelib, Artemev va Kristoforetti Rossiya universitetlari talabalari tomonidan «Radioskaf» ilmiy-ta’lim eksperimenti dasturi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘nta kichik kosmik apparatni uchirdi. Bundan tashqari, ular «Poisk» moduliga ERA robot-manipulyatori uchun adapter o‘rnatishi, shuningdek, adapterlar bilan platformani «Poisk»dan «Nauka» ko‘p maqsadli laboratoriya moduliga o‘tkazishi kerak.
Artemev va Kristoforettidan tashqari, XKSga 67-uzoq muddatli ekspeditsiya ekipaji tarkibida rossiyalik kosmonavtlar Sergey Korsakov va Denis Matveyev, shuningdek, aprel oyi oxirida kelgan NASA astronavtlari Chell Lindgren, Robert Hayns hamda Jyessika Uotkins bor. Artemev uchun bu XKSga uchinchi ekspeditsiyaga, Kristoforetti uchun esa ikkinchisiga aylandi.
Iyul oyi o‘rtalarida «Roskosmos» bosh direktori Dmitriy Rogozin rossiyalik kosmonavtlarga ERA Yevropa manipulyatori bilan ishlashni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berish bilan tahdid qilgan edi. Keyinroq RF prezidenti Vladimir Putin Rogozinni lavozimidan bo‘shatib, uning o‘rniga Yuriy Borisovni tayinladi. Manipulyator hozircha Rossiyaning «Poisk» modulida qoladi va kelajakda ochiq fazoda ishlashda yordam beradi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:51 / 19.06.2026