Zoyir Mirzayev 18 nafar hokim yordamchisini ishdan olishni taklif qildi
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev, viloyat kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, viloyat hokimi tegishli o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari qatnashdi.
Joriy yil 1-yarim yilligida Parkent tumani hokim yordamchilari ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tuman sektor rahbarlari hisoboti tinglandi. “Onlayn mahalla” platformasida 1-sektordagi hokim yordamchilari faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari 88,66 ballni tashkil etdi. Hokim yordamchilari tomonidan 6 oyda “Onlayn mahalla” elektron platformasiga 3-sektordagi mehnatga layoqatli ishlash istagi bo‘lgan 1 ming 274 nafar ishsiz aniqlanib dasturga kiritildi.
Sessiyada Zoyir Mirzayev tuman-shaharlarda ko‘rsatkichi past 18 nafar hokim yordamchisini ishdan olish borasida taklif kiritdi.
Shundan so‘ng prezidentning “O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ko‘rib chiqildi. Unga asosan tegishli vazirliklarning bo‘limlari, tuman hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda Toshkent viloyatida ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi dastlabki loyihasi shakllantirildi.
Dastur parametrlariga muvofiq, 2023 yilda barcha tarmoqlar bo‘yicha jami 148 ta loyiha bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda 15 ta loyiha yildan yilga o‘tmoqda va 107 tasi yangidan boshlanmoqda. Bu pudrat tashkilotlarini aniqlash “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Deputatlar tomonidan Toshkent viloyatida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish hamda sement beton qoplamali ichki yo‘llar uchun ajratilgan mablag‘larni hududlar kesimida taqsimlanishi bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:35 / 16.10.2024
Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi
16:40 / 25.09.2024
Surxondaryoda hokim yordamchisi fuqarolar nomiga kredit olib, yo‘qolib qoldi. Bunga shaxs aybdormi yoki tizginsiz tizim?
20:31 / 23.08.2024