Andijonda 30 sotix yer savdosi ortidan mahalla raisi va hokim yordamçisi qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Andijon tumanidagi mahallalardan birining raisi va uşbu mahalladagi hokim yordamçisi özaro til biriktirgan. Ular fuqaroga çorvaçilik maqsadida ajratib berilgan yer maydonining 2 sotixini hamda davlat zaxirasida bölgan 28 sotix yerni Andijon şahrida yaşovçi 37 yoşli şaxs nomiga rasmiylaştirib berişni reja qilgan.

Jami 30 sotix yer maydonining bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga özgartirib berişni aytgan. Söngra yer uçun 57 ming, kadastr idoralaridagi tanişlari orqali hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun esa 3 ming dollar talab qilişgan.

Mahalla raisi va hokim yordamçisi oldindan yer maydoni uçun 28 ming, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 3 ming dollari olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.