Hammaning öz takliflari bor. Issiqköldagi uçraşuvda kim nimalar haqida gapirdi?
|17:57 / 23.07.202228 81210 min
Qirğizistonning sölim göşasi bölmiş Issiqkölda mintaqa siyosiy hayoti uçun muhim uçraşuv ötkazildi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari törtinçi marta maslahatlaşuv uçun yiğildi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Mirziyoyev taşabbusi
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Issiqkölda törtinçi marta maslahatlaşuv uçun yiğildi. Galstuklarsiz ötişi bilan ajralib turuvçi bunday formatdagi uçraşuvning taşabbuskori Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hisoblanadi. 2017 yil Samarqandda BMT bilan hamkorlikda ötkazilgan konferensiyada Mirziyoyev mintaqa davlatlari har yili maslahatlaşuv uçun yiğilib turişini taklif qilgandi. Buni barça bir ovozdan qöllagan va Qozoğiston birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev birinçi uçraşuvni Ostonada ötkazişni taklif qilgandi.
Şu tariqa, birinçi maslahatlaşuv uçraşuvi 2018 yil 15 martda Ostonada ötkazildi. 2019 yil noyabrda Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilari ikkinçi maslahatlaşuv uçun Toşkentda yiğildi. 2020 yil Bişkekda ötişi rejalaştirilgan maslahatlaşuv koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. 2021 yil yetakçilar Turkmanistonning «Avaza» milliy turistik markazida uçraşişdi. Issiqköldagi uçraşuv törtinçisi böldi.
Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yölga qöyilgan uşbu formatdagi uçraşuvlarning hammasi har xil tarkibda ötgan. Masalan, Ostonadagi ilk uçraşuvga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bormagan va öz örniga senat raisi Akja Nurberdiyevani yuborgandi. Keyingi yil Toşkentga Gurbanguli Berdimuhamedovning özi keldi. 2021 yil Turkmanistonda ötgan yiğilişga kelib ikki davlatda rahbarlar özgargandi. Qirğizistonda Jyeenbekov örniga Japarov, Qozoğistonda Nazarboyev örniga Töqayev keldi. Issiqköldagi uçraşuvda esa iştirokçilarning familiyasi özgarişsiz qoldi. Faqat Turmaniston nomidan sobiq prezidentning öğli va yangi prezident Serdar Berdimuhamedov iştirok etdi.
Foto: Tojikiston prezidenti rasmiy sayti.
Mirziyoyev nimalar dedi?
Özbekiston prezidenti bu formatdagi uçraşuvlarning samarasi odamlar hayotida sezila boşlaganini aytar ekan, avvalo mintaqa davlatlarining fuqarolari bir davlatdan boşqa davlatga oson harakatlanişi muhim ekanini ta’kidladi. Şuningdek, Mirziyoyev mintaqadagi davlatlar Markaziy Osiyo manfaatlarini himoya qiliş uçun qat’iy çoralar körişi kerak bölsa, Özbekiston bunga tayyorligini aytdi. Uning sözlariga köra, bugungi kunda mintaqa içidagi savdo uluşiga mamlakatlar örtasidagi umumiy tovar aylanişining 5 foizidan 10 foizigaça bölgan qismi töğri kelmoqda va bu kam, mavjud salohiyat bu raqamlarni kattalaştiriş imkonini beradi.
Mavzuga oid
Foto: Sadir Japarov axborot xizmati.
Markaziy Osiyo davlatlari uçun suv masalasi jiddiy hisoblanadi. Aynan suv talaşiş ortidan köp tuşunmovçiliklar ham bölib turadi. Şavkat Mirziyoyev çiqişida hamkorlarga Özbekiston tomonidan işlab çiqilgan «Markaziy Osiyo uçun «yaşil» kun tartibi» dasturini taklif qildi. Dasturda iqtisodiyotni karbonsizlantiriş, muqobil energetikani rivojlantiriş, özaro elektr energiyasi yetkazib berişni taşkil etiş, suv tejovçi va ekologik toza texnologiyalarni keng tarğib qiliş haqida söz boradi. Dunyo misli körilmagan energetik inqirozni boşdan keçirayotgan bir vaqtda ayniqsa elektr energiyasini özaro almaşiş masalasi mintaqa uçun muhim hisoblanadi.
Maslahatlaşuv yiğilişi ötkazilgan Çölponota qişloği.
Foto: Sadir Japarov axborot xizmati.
Şavkat Mirziyoyev uşbu mavzularda gapirar ekan, Markaziy Osiyo «yaşil taraqqiyot» masalalarida jahonning yetakçi mintaqalaridan ança ortda ekanini afsus bilan tilga oldi.
Şavkat Mirziyoyev mintaqa yetakçilari iştirokidagi anjumanda xavfsizlik masalasida ham gapirdi. Özbekiston prezidenti uyuşgan jinoyatçilik, narkotrafik kabi an’anaviy tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşişda davom etiş lozimligini ta’kidlaş asnosida bugun rivojlanib borayotgan internetdagi noqonuniy faoliyatlar bilan boğliq xatarlarni ham bee’tibor qoldirib bölmasligini aytdi. «Bugun uşbu tahdidlar yölida heç qanday çegara yöq – ular mobil telefonlar orqali kirib kelmoqda», dedi prezident.
Internetdagi xatarlar haqida gapirar ekan, Mirziyoyev yaqinda Özbekistonda röy bergan Nukus voqealarini ham tilga oldi. «Afsuski, mintaqamizda beqaror vaziyatni vujudga keltirişga urinayotgan buzğunçi kuçlar mavjud ekani yana bir bor tasdiqlandi», dedi u.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xavfsizlik haqida gapirgan Özbekiston rahbari Afğonistondagi tinçlik masalasida mintaqa davlatlari özaro hamkorlikni davom ettirişi zarurligini aytdi. Şavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari xavfsizlik masalasida hamkorlik qilişi muhimligini ta’kidlab, 5 ta respublika Xavfsizlik kengaşi kotiblari va maxsus xizmat vakillarining özaro maslahatlaşuv uçun yiğilişi borasida taklifni qölladi.
Töqayev Rossiyani ham çaqiriş taklifini örtaga taşladi
Şavkat Mirziyoyev qöllagan Xavfsizlik kengaşi kotiblarining maslahatlaşuvi böyiça uçraşuv taklifi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevdan çiqqandi. Töqayev taşqi işlar vazirlari ham olti oyda bir uçraşib turişini taklif qilgan.
Foto: Sadir Japarov axborot xizmati.
Qozoğiston prezidenti bunday formatdagi uçraşuvlarda «çegaralarni qulflab qöyiş» yaramasligini aytib, keyingi uçraşuvlarda Rossiya va Xitoydan vakillar çaqiriş kerakligini aytdi.
Töqayev faqat mintaqada joylaşmagan davlatlarni ham maslahatlaşuvga çaqiriş kabi ğalati takliflar bermadi. Qozoğiston prezidenti tomonidan jöyali gaplar ham aytildi. Masalan, Töqayev Markaziy Osiyo davlatlari çegara masalasidagi tuşunmovçiliklarni zamonaviy insonlardek qurolsiz, diplomatik yöl bilan hal qilişi kerakligini aytdi. Töqayev bu gaplari bilan Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi çegara masalasi doimiy keskinlik keltirib çiqarişi, tez-tez qurolli mojarolar sodir bölayotganiga işora qildi.
Çegara masalasida Özbekiston va Qirğiziston örtasida ham hal qilinmagan masalalar bor. Bu borada Özbekiston tomoni Japarovning Toşkentga taşrifi vaqtida aniq takliflar bergan, ammo Qirğiziston tomoni hozirça muammoni hal qiliş yölida qadam taşlamayapti.
Töqayev çegara masalalarini diplomatçasiga hal qiliş kerakligini aytişga çinakam haqli siyosatçi hisoblanadi. Çunki u öz vaqtida Rossiya va Xitoy bilan çegara masalalarini hal qilişda bevosita iştirok etgan diplomat hisoblanadi.
Qozoğiston prezidenti mintaqadagi transport logistikasini rivojlantiriş zarurligi haqida gapirib, mamlakat «Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» temiryölini qurişda iştirok etişga tayyorligini bildirdi.
Foto: Sadir Japarov axborot xizmati.
Tojikiston va Qirğiziston rahbarlari ham çegara masalasida gaplaşib olişdi. Imomali Rahmon va Sadir Japarov çegara masalasini diplomatik yöl bilan hal qiliş kerakligini ta’kidlaşdi. Ikki davlat rahbari Issiqkölda özaro uçraşuv ötkazdi.
Imomali Rahmon gapirayotganda efir uzilib qoldi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon maslahatlaşuvdagi çiqişida Afğonistondagi holat keyinçalik faqat yomonlaşişi haqida gapirdi. Uning fikriça, «Tolibon» harakati mamlakatdagi siyosiy vaziyatni uddalay oladigan holatda emas. U «Tolibon» hukumat sifatida tan olinişi uçun xalqaro hamjamiyatni işontira olmaganini qöşimça qildi va Afğonistonda boşqa millat vakillari kamsitilayotgani, amaldagi hukumat diniy konservatizm yönalişidan borayotganini aytdi.
Tojikiston mintaqada «Tolibon»ga qarşi ekanini oçiq aytadigan yagona davlat hisoblanadi. Tojikiston vakillari Afğonistonda «Tolibon» tomonidan tojik millatidagi fuqarolar qatağonga uçrayotgani haqida ham tez-tez gapirib turişadi. Şuningdek, Afğoniston hukumati inklyuziv bölişi kerakligi, uning tarkibida tojiklar soni millat vakillari soniga muvofiq bölişi kerak deb hisoblaşadi.
Foto: Tojikiston prezidenti rasmiy sayti.
Maslahatlaşuv Qirğizistonda bölayotgani va unda Afğoniston haqida söz borişi sabab Imomali Rahmonning çiqişida intriga yuqori edi. Qirğiziston masalasida-ku Tojikiston yetakçisi şov-şuvli gap aytmadi, ammo «Tolibon» haqida yaxşigina keskin fikrlar bildirdi.
«Ortda qolgan vaqt davomida «Tolibon» xalqaro hamjamiyat va Afğoniston xalqini öz hukumati legitimligiga işontiriş uçun heç nima qilmadi. Ular mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, fuqarolar xavfsizligini hamda yuzaga kelayotgan iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal qiladigan holatda emas. Toliblar turli etnik guruhlarni kamsitib, keskin diniy konservatizm yölidan bormoqda», dedi Imomali Rahmon.
Tojik naşrlari yozişiça, şu vaqtda Imomali Rahmonning nutqi körsatilayotgan efir uzilib qolgan. Kadr tiklanganda esa Turmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov gapirayotgan bölgan.
Markaziy Osiyo kattalari yiğilişida ilk marta iştirok etgan Serdar Berdimuhamedov alohida ajralib turadigan fikrlar aytmadi. U mintaqadagi davlatlar e’tibor berişi kerak bölgan uçta xavfni aytdi: mintaqadagi vaziyatni izdan çiqarişga uriniş, terrorizm va radikal diniy taşkilotlar xavfi, çegaralar yaqinidagi harbiy nizolar.
Kiçik Berdimuhamedov Markaziy Osiyo taşqi ta’sirlardan xoli hududga aylanişi uçun mintaqa davlatlari birdamlikda harakat qilişi kerakligini ta’kidladi. Şuningdek, Markaziy Osiyodagi barqarorlikni saqlaş uçun yaqin 2 yilga möljallangan yöl xaritasi işlab çiqişni taklif etdi.
Qirğiziston prezidenti çegara masalasida bosiqlik bilan gapirdi. «Çegaralarni delimitatsiya qiliş uçun Özbekiston va Tojikiston bilan işlaşda davom etyapmiz. Şuni ta’kidlamoqçimanki, çegaralarni tinçlik va farovonlik hukm suradigan joylarga aylantiriş, Farğona vodiysini haqiqiy jannatmakon joyga aylantiriş uçun qölimizdan kelganini qilib, siyosiy iroda körsatyapmiz», dedi Japarov.
Foto: Sadir Japarov axborot xizmati.
Ammo suv masalasiga kelganda Japarov keskinroq fikr bildirdi: «Iqlim özgarişlari sabab suv resurslari miqdori keskin kamayib ketmoqda. Bu mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf tuğdirmoqda. Qirğiziston Markaziy Osiyodagi suv resurslarini saqlagani va taqsimlaş uçun yetarliça kompensatsiya olmayapti», dedi Japarov.
Şuningdek, Qirğiziston prezidenti mintaqa davlatlarini raqobatlaşiş emas, hamkorlik qilişga çaqirdi.
Maslahatlaşuv yakuniga köra, respublikalar rahbarlari «XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisida» şartnoma imzolaşdi.