Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik o‘yinlari. «Arsenal» «Chelsi» darvozasiga 4 ta javobsiz gol yo‘lladi, Holand «Siti» safida gol urishni boshladi
Yevropaning top klublari AQSh va Osiyo maydonlarida o‘rtoqlik bahslari o‘tkazishda davom etmoqda.
«Arsenal» hamshahari «Chelsi» darvozasiga javobsiz 4ta gol yo‘lladi. Gollarga Jyezus, Edegor, Saka va Lokonga mualliflik qilishdi.
«Kanonirlar»ning yozgi transferlardagi asosiy xaridi bo‘lib turgan Jyezus klub safida to‘rt o‘yinda to‘rt gol urishga erishdi. «Arsenal» esa beshta o‘rtoqlik uchrashuvida beshta g‘alabaga erishdi - bungacha «Ipsvich» 5:1, «Nyurnberg» 5:3, «Everton» 2:0, «Orlando Siti» 3:1 hisoblarida mag‘lub etilgandi.
APL va Bundesliga chempionlari o‘rtasidagi bellashuvda Holandning debyut o‘yinidagi goli «Manchester Siti»ga g‘alaba keltirdi.
Shuningdek, «MYu» «Aston Villa» bilan durang o‘ynadi (2:2), «PSJ» Yaponiyaning «Urava Red Daymonds» klubiga uchta javobsiz gol yo‘lladi (3:0), «Tottenhem» «Reyndjers»ni kichik farq bilan mag‘lub etdi (2:1), «Roma» «Nitssa» bilan durang o‘ynadi, «Milan» Vengriyaning «Zalaegerseg» klubiga yutqazdi (2:3), «Inter» Fransiyaning «Lans» klubini kichik farq bilan yengdi (1:0).
Arsenal — Chelsi 4:0
Gollar: Jyezus (15), Edegor (36), Saka (66), Lokonga (90+2).
Arsenal — Ramsdeyl (Terner, 72), Uayt (Soaresh, 76), Saliba, Gabriel, Zinchenko (Tavaresh, 46), Tomas (El Nenni, 72), Jaka (Lokonga, 78), Saka (Markinos, 72), Edegor (Meytlend-Naylz, 80), Martinelli (Pepe, 72), Jyezus (Nketia, 58).
Chelsi — Mendi, Jyeyms (Hadson-Odoi, 74), Chaloba (Sarr, 45), Silva (Kulibali, 74), Emerson (Alonso, 46), Jorjino (Ampadu, 74), Gallaher (Kovachich, 46), Maunt (Ziyosh, 65), Haverts (Baishuayi, 65), Sterling (Aspilikueta, 46), Verner (Pulishich, 46).
Bavariya — Manchester Siti 0:1
Gol: Holand (12).
Bavariya – Noyyer (Ulrayx, 46), Pavar (Nyanzu, 77), Ernandes (Stanishich, 77), Upamekano (de Ligt, 58), Devis (Vanner, 77), Gnabri (Vidovich, 77), Zabitser (Gravenberx, 58), Kimmix, Myuller (Zirkzeye, 73), Koman (Mazraui, 63), Sane (Musiala, 58).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Ake, Diash (Uoker, 59), Uilson-Esbrand (Lyuis, 82), de Bryuyne, Silva (Fillips, 71), Rodri, Grilish, Mahrez (Palmer, 72), Holand (Alvares, 46).
Reyndjers — Tottenhem 1:2
Gollar: Cholak (24) — Keyn (50, 56).
Reyndjers – Makgregor, Taverne, Goldson, Suttar (Sends, 69), Barishich, Landstrem, Lourens (Tillman, 69), Kamara, Cholak, Kent, Matondo (Rayt, 69).
Tottenhem – Loris (Forster, 71), Emerson (Moura, 46), Dayyer (Rodon, 67), Sanches (Langle, 71), Romero (Tanganga, 82), Sessenon (Perishich, 60), Hyoyberg (Sarr, 82), Bentankur (Bissuma, 46), Son (Xil, 72), Kulusevski (Risharlison, 60), Keyn (Spens, 71).
Manchester Yunayted – Aston Villa 2:2
Gollar: 1:0 – 25 Sancho, 2:0 – 42, avtogol Kesh, 2:1 – 49 Beyli, 2:2 – 90+3 Chembers.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 67), Maguayr (Bayi, 67), Lindelef (Varan, 67), Shou (Malasia, 67), Fred (Zidan Iqbol, 67), Brunu Fernandesh (Telles, 67), van de Bek (Garner, 67), Marsyal (Chong, 67), Reshford (Elanga, 67), Sancho (Mejbri, 67).
Aston Villa – Martines (Olsen, 46), Kesh (Sanson, 64), Mingz (Konsa, 46), Diyego Karlos (Iroegbunam, 64), Din (Archer, 64), Makginn (Yang, 64), Remzi (Duglas Luis, 46), Koutino (Buendia, 46), Kamara (Kessler, 64), Ingz (Beyli, 46), Uotkins (Chembers, 64).
PSJ – Urava Red Daymonds 3:0
Gollar: 1:0 – 16 Sarabiya, 2:0 – 35 Mbappe, 3:0 – 76 Kalimuendo.
PSJ – Navas (Riko, 58), Danilu Pereyra (Markinos, 71), Kerer (Ramos, 72), Diallo (Kimpembe, 72), Bernat (Mendesh, 71), Ebimbe (Xakimi, 71), Verratti (Guyye, 46), Zair-Emeri (Vitinya, 71), Sarabiya (Kalimuendo, 46), Ikardi (Messi, 59), Mbappe (Neymar, 59).
Urava Red Daymonds – Nicikava (Niekava, 46), Sakai (Sibato, 46), Ivanami, Chinen, Moberg-Karlsson (Miyamoto, 46), Akimoto (Mavatari, 46), Sekine (Yasui, 46), Ivao (Hirano, 46), Ito (Matssuzaki, 46), Koizumi (Esaka, 46), Matsuo (Linssen, 46; Kudo, 55).
Roma — Nitssa 1:1
Gollar: Lemina (54, avtogol) — Braimi (41).
Roma – Svilar (Patrisiu, 46), Karsdorp (Chelik, 60), Smolling, Kumbula (Manchini, 46), Vinya (Rojyer, 61), Spinatssola (Zalevski, 46), Matich (Bove, 46), Veretu (Kristante, 61), Dzanolo (Abraham, 46), Shomurodov (El-Shaaravi, 46), Karles Peres (Pellegrini, 46).
Nitssa – Bulka, Atal (Mendi, 46), Dante, Todibo, Bar, Iliye, Lemina (Shnayderlin, 64), Rosario, Stengs (Buanani, 78), Klod-Moris (Guiri, 64), Braimi.
Lans — Inter 1:0
Gol: Openda (90).
Lans – Samba, Gradi (Vu, 62), Danzo, Medina (Bura, 82), Machado (Aydara, 74), Frankovski (Kabo, 73), Fofana, Abdul-Samed (Berg, 73), David Koshta (Said, 62), Sotoka (Poremba, 82), Ganago (Openda, 46).
Inter – Handanovich (Kordats, 80), Dumfris (Bellanova, 62), Darmian, de Vrey (D`Ambrozio, 61), Bastoni (Dimarko, 62), Lazaro (Dzanotti, 80), Brozovich (Aslani, 61), Chalxono‘g‘li (Mxitaryan, 61), Barella (Agume, 80), Jyeko (Martines, 61), Korrea (Lukaku, 62).
Zalaegerseg (Vengriya) — Milan 3:2
Gollar: Ubochioma (2), Mochi (24), Tayti (27) — Jiru (30, penalti), Krunich (86).
Zalaegerseg – Demen, Gergeni (Mim, 87), Kalnoki-Kish, Mochi, Bedi, Sankovich, Tayti, Mayyer (Husti, 65), Salai (Barnabas, 46), Nemet (Ikoba, 46), Ubochioma (Santos, 65).
Milan – Teterushanu (Menyan, 62), Florensi (Kalabriya, 62), Gabbiya, Kalulu (Krunich, 62), Ballo-Ture (Tomori, 62), Tonali (Adli, 62), Breshianini (Binnosir, 62), Jiru (Ernandes, 62), Rebich (Leau, 62), Dias (Maldini, 62), Messias (Salemakers, 62).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026