Sönggi yillarda sodir bölayotgan iqlim özgarişlari va havoga çiqarilayotgan zaharli gazlar tufayli Yer sathidagi havo harorati sezilarli oşyapti. Yer yuzasi böylab aksariyat hududlarda havo harorati odatdagidan sezilarli darajada oşmoqda. Şu jumladan, Özbekistonda ham.

Masalan, bir neça kundan buyon Özbekiston va unga tutaş davlatlar hududlarida anomal issiqlar kuzatilyapti. Havo harorati bir qança hududda + 47 darajani taşkil etmoqda. Şu sababli Özbekistondagi ayrim hududlar Yer yuzidagi eng issiq joylarga aylandi. Jumladan, 2022 yil 22 iyul kuni soat 11:00 da Navoiy viloyatining ğarbiy çöl hududi dunyoning eng issiq nuqtasi bölib turdi.

Şuningdek, şu kuni Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatining ba’zi kuzatuv stansiyalarida soat 13:50 va 14:50 oraliğida + 47, + 48 daraja issiq qayd etilgan. Quyida havo harorati eng issiq va sovuq bölgan hududlar hamda ob-havo harorati bilan boğliq rekordlarni keltiramiz.

Eng issiq havo harorati qayerda qayd etilgan?

Ob-havo haroratini ölçaş boşlangandan keyin Yer yuzidagi eng yuqori harorat + 56,7 daraja issiq 1913 yil 10 iyul kuni AQŞning Kaliforniya ştatidagi Ölimlar vodiysi çölida qayd etilgan.

Foto: placepic.ru

Aslida 2012 yil 13 sentabrga qadar sayyoradagi rekord harorat, +58,2 daraja issiq 1922 yil 13 sentabrda Liviya çöllaridagi Al-Aziziya qişloğida qayd etilgan deb hisoblangan. Ammo mazkur ma’lumot röyxatga olinganidan 90 yil ötib Jahon meteorologiya taşkiloti yozuvlarni çuqur tahlil qilib, harorat ölçovlari olişda xatolikka yöl qöyilganini ma’lum qildi va şu tariqa Öliklar vodiysi çölidagi harorat eng issiq havo sifatida qayd etildi.

Foto: zubiaks.weebly.com

Turli qit’alardagi eng yuqori issiq qayerlarda qayd etilgan?

  • Şimoliy Amerika – Öliklar vodiysi çölida + 56,7 daraja, 1913 yil 10 iyul kuni;
  • Afrika – Tunisning Qabiliy viloyatida + 55 daraja, 1931 yil 7 iyul kuni;
  • Osiyo – Kuvaytning Al-Mutriba hududida + 54 daraja, 2016 yil 20 iyul kuni;