AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞni iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqqanini e'lon qildi. Bu haqda u Oq uyda ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Biz Parij kelişuvidan çiqamiz. Ammo Parij kelişuviga yana qaytiş uçun yoki Amerika biznesi, işçilari, odamlari va soliq tölovçilari uçun adolatli şartlar bölgan mutlaqo boşqa kelişuvlarga qaytiş uçun muzokaralar boşlaymiz”, — dedi AQŞ prezidenti.

Tramp Qöşma Ştatlarning keyingi harakatlari ular “adolatli kelişuv”ga erişişi bilan boğliqligini ta'kidladi. 

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida AQŞni Trans-Tinç okeani şerikligi kelişuvidan olib çiqişga va'da bergandi va u bu va'dasini bajargani, endi esa AQŞni Parij iqlim kelişuvidan olib çiqişni rejalaştirayotgani ma'lum qilingan edi. 

AQŞning iqlim kelişuvidan çiqişi qanday oqibatlarga olib keladi?