Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xalqaro maydonda yakkalab qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida jahon hamjamiyati ushbu mamlakat bilan munosabatlarda avvalgi xatolarni qayta takrorlamaslik zarurligiga e’tibor qaratdi.
«Aminmizki, jahon hamjamiyati bugun 1990-yillardagi xatolarni qayta takrorlamaydi, ularni chetlab o‘ta oladi va shunga erishish lozim», dedi davlat rahbari.
Bildirilishicha, Afg‘onistonning xalqaro maydonda yakkalab qo‘yilishi gumanitar vaziyatning yanada yomonlashuviga olib kelishi muqarrar, shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir.
«Gap millionlab insonlarning taqdiri haqida bormoqda», deyiladi Shavkat Mirziyoyevning murojaatida.
Davlat rahbari Afg‘oniston rasmiylarining mamlakatni mojarodan keyingi tiklanish, mustaqil, barqaror va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan davlat barpo etish borasidagi sa’y-harakatlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
«Hozirgi paytda muvaqqat hukumat mamlakatda tinchlikni qaror toptirish bo‘yicha muayyan qadamlarni qo‘ymoqda, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalarni, xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda», deyiladi prezident murojaatida.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash zarur.
«Shu bilan birga, davlat boshqaruvida afg‘on jamiyati barcha qatlamlaridan vakillar keng ishtirok etadigan tarkibni shakllantirish, inson, ayniqsa, xotin-qizlar, barcha milliy va diniy guruhlar asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishning fundamental asosi bo‘lib qolmoqda», deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026