O‘zbekiston | 08:34 / 29.07.2022
10003
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda tadbirkorlik uchun ajratilgan mablag‘lar maqsadsiz ishlatilgani aniqlandi

Qashqadaryoda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgani aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida prezident qarori hamda «Har bir oila tadbirkor» dasturiga asosan kreditlarning ajratilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

O‘rganish natijasida mazkur yo‘nalishdagi kreditlar maqsadsiz ishlatilayotgani, ta’minotchi korxonalar tomonidan ko‘zda tutilgan tovar va ashyolar fuqarolarga yetkazib berilmagani aniqlandi.

3 ta tijorat banki (“Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”) mijozlariga 2022 yil 1-choragida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan 15 ta ta’minotchiga 392 nafar mijoz bo‘yicha 11 mlrd 548 mln so‘m o‘tkazib bergani, ammo bu kredit yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlar bo‘yicha ta’minotchilar kirim hujjatlari mavjud emasligi, ya’ni ajratilgan kreditlar maqsadsiz yo‘naltirilgani ma’lum bo‘ldi.

Qonunbuzilishlar yuzasidan 5 ta ta’minotchining rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 

Qayd etilishicha, qolgan 10 ta ta’minotchi va boshqalarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid