O‘zbekiston | 15:33 / 29.07.2022
10033
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha ishlar ahvoli sust bo‘lgan tashkilotlarni ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Astrum akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini ta’kidladi.

Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq ta’limi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish bo‘yicha natijalar borligi qayd etildi.

Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo‘mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo‘llari”, “Agrosug‘urta”da ishlar ahvoli sust.

"Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam. 

Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur", dedi Prezident so‘zining yakunida.

Mavzuga oid