Prezident Şavkat Mirziyoyev raqamlaştiriş va telekommunikatsiya sohalari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan platformasi

Taqdimotda aytilişiça, davlat boşqaruvida ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari turli idoralar kesimida tarqoq holda şakllangan, ularni tahlil qiliş va qaror qabul qiliş jarayonlarida yagona yondaşuv yetişmayapti.

Şu bois, davlat boşqaruvining yagona integratsiyalaşgan raqamli platformasini bosqiçma-bosqiç joriy etiş taklif qilindi. Mazkur tizim orqali hudud iqtisodiyoti, investitsiya, ekologiya, xavfsizlik masalalari, aholini qiynayotgan muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy ma’lumotlar, obektlar va xarita qatlamlari yagona platformada aks ettiriladi.

Platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ma’lumotlarni tahlil qiliş, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlaş, qarorlar ijrosini monitoring qiliş, resurslarni töğri yönaltiriş va boşqaruv samaradorligini oşiriş imkonini beradi.

Davlat rahbari joriy yilda uşbu raqamli boşqaruv tizimini poytaxtda, kelgusi yildan esa barça hududlarda joriy qiliş zarurligini ta’kidladi.

Tovar va xizmatlarni yagona milliy tasniflaş tizimi

Taqdimotda tovar va xizmatlarni yagona milliy tasniflaş tizimini işga tuşiriş masalasi ham körib çiqildi.

Hozirda bojxona, soliq, statistika va boşqa idoralar turli tovar klassifikatorlaridan foydalanmoqda. Bu esa biznes xarajatlarining ortişi, hisobotlar aniqligi pasayişi va idoralararo ma’lumot almaşinuvida qiyinçiliklarga sabab bölmoqda.

Yagona milliy tasniflaş tizimi joriy etilsa, tadbirkorlar uçun ortiqça byurokratik jarayonlar qisqaradi, davlat idoralari örtasida ma’lumot almaşinuvi soddalaşadi, statistik hisobotlarning aniqligi oşadi.

Milliy navigatsiya tizimi

Mas’ullar milliy navigatsiya tizimini yaratiş taklifini ham ilgari surdi.