Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel: Yevropa iqtisodiyotidan bir kechada Rossiya gazidan voz kechishni talab qilish mumkin emas
Yevropa ittifoqining bosh diplomati Jozep Borrel DW’ga Yevropa iqtisodiyotidan bir kechada Rossiya gazidan voz kechishni talab qilish mumkin emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Rossiyadan gaz sotib olishni qisqartirishda davom etadi.
Yevropa ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa ittifoqining energetika siyosati bo‘yicha tanqidlarni rad etdi. 29 iyul, juma kuni DW mediakompaniyasiga bergan intervyusida Borrel Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi davlatlari Rossiyadan tabiiy gaz sotib olishni ikki baravar kamaytirganini ma’lum qildi. «Agar urush boshlanishidan oldin Rossiya energiya tashuvchilarning Yevropa ittifoqidagi ulushi 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 20 foizga tushib ketdi», — dedi u. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa iqtisodiyotidan bir kechada gaz sotib olishni to‘xtatishni talab qilish mumkin emas».
Nega Bryussel Moskva harbiy g‘aznasiga mablag‘ oqimini kamaytirish uchun Rossiya gaziga jazo tariflarini joriy qilmadi, degan savolga Borrel bu taklif jiddiy ko‘rib chiqilgani, ammo rad etilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxiridan boshlab Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatish to‘g‘risida «qat’iy qaror» qabul qilingan, hozir esa gaz sotib olishni to‘xtatish jarayoni boshlanmoqda. Shu bilan birga, u Rossiyadan gaz importining yanada qisqarishi «tezda» amalga oshishini ta’kidladi.
Yevropa ittifoqining bosh diplomati, shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti hali g‘arb sanksiyalaridan jiddiy zarar ko‘rmagani haqidagi da’volarni rad etdi. Biroq, ayni paytda Yevropa iste’molchilari elektr energiyasi uchun yuqori to‘lovlarga duch kelmoqda. Uning fikricha, Rossiya gazi iste’molini kamaytirishdan ko‘ra, «Rossiya iqtisodiyotining butun dunyo bilan aloqalarini uzish»ga qaratilgan sa’y-harakatlar muhimroqdir.
«Rossiya harbiy mashinasiga nafaqat pul, balki texnologiya ham kerak», dedi u g‘arb komponentlaridan foydalanadigan rus tanklarini eslatib. «Yo‘q qilingan rus tankining korpusiga qarang. Unda g‘arb kompaniyalarining qancha elektron komponentlari borligini ko‘rasiz. Ruslar endi ulardan foydalanish imkoniga ega bo‘lmaydi», - dedi Borrel.
YeI diplomatiyasi rahbari ta’kidlashicha, joriy yilda Rossiya yalpi ichki mahsuloti 10 foizga qisqaradi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu «sovet ittifoqi parchalanganidan beri eng katta tanazzulga» olib keladi. Tez orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin «qurol va xalq uchun kerakli narsalar o‘rtasida tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi», dedi Borrel.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026