Xorazm viloyati sudi axboroti - hokimliklarning 127 ta qarori haqiqiy emas deb topildi
Xorazm viloyati sudida 2022 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda viloyat sudi raisining jinoyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Bakdurdiyev, viloyat sudi raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Matkarimov, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Mansur Qurbonov, sudyalar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Axborot berilishicha, Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida jami 978 nafar shaxsga nisbatan 713 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan bo‘lib, barcha instansiyalarda 4 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmlari chiqarilgan.
Ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 810 nafar shaxsga nisbatan 562 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan, 162 nafar shaxsga nisbatan 148 ta jinoyat ishi tugatilgan, 158 nafar shaxsga nisbatan 144 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli ish tugatilgan. 421 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.
2021 yilga nisbatan o‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha sudlanganlar soni 32 taga, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati 22 taga, poraxo‘rlik jinoyati 16 taga, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 24 taga oshgan. Yo‘l harakati xafsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari 14 taga, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish 2 taga kamaygan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida birinchi instansiya sudlarida jami 10271 ta fuqarolik ishi ko‘rib tamomlangan. Shundan, 7605 ta da’vo qanoatlantirilgan, 712 ta da’vo ariza rad etilgan, 150 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan, 1800 ta da’vo ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.
Mazkur davrda nikohdan ajratish haqidagi ishlar soni 1150 tani tashkil etgan. Shundan, 719 tasi bo‘yicha da’vo qanoatlantirilgan, 315 ta fuqarolik ishi bo‘yicha da’vo rad etilgan, 70 ta fuqarolik ishi ko‘rmasdan qoldirilgan va 46 ta fuqarolik ishi ish yuritishdan tugatilgan.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda 2022 yilning o‘tgan 6 oyida jami 3283 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, 2721 tasi bo‘yicha da’vo qanoatlantirilgan, 428 tasi bo‘yicha rad qilingan, 87 tasi bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilgan, 47 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
Ushbu davrda xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan kichik biznes sub’yektlari, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning da’vogarligida 584 ta ish ko‘rilib, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlari tiklanib, ularning foydasiga 64,7 mlrd so‘m mablag‘ undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
Xorazm viloyati ma’muriy sudlari tomonidan 2022 yil 6 oyi davomida 609 ta ma’muriy ish ko‘rib tamomlangan. Ularning 41 tasini budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi qarorlarini haqiqiy emas deb topishga doir, 28 tasini mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslarining harakatlarini qonunga xilof deb topish, 275 tasini mahalliy hokimliklar qarorini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha, 72 tasi Xorazm viloyat davlat soliq organlarining, 113 tasini DSQ huzuridagi Kadastr agentligining, 16 tasini Xorazm viloyat qurilish va arxitektura boshqarmasi, 33 tasi Majburiy ijro byurosi bo‘limlarining, 8 tasini xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning, 7 tasini davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari, 3 tasini FHDYo organlari, 1 tasini davlat bojxona qo‘mitasining, 1 tasi Ichki ishlar organlarining, 10 tasini boshqa idora va tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakatlari yuzasidan berilgan arizalar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar tashkil etadi
Mahalliy hokimlar qarorlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi jami 275 ta ariza ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 127 tasi bo‘yicha ariza talablari qanoatlantirilib, tuman va shahar hokimlarining 127 ta qarori haqiqiy emas deb topilgan, 125 ta ariza rad qilingan bo‘lsa, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 17 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
Haqiqiy emas deb topilgan 127 ta qarorning 47 tasi Urganch shahri, 24 tasi Urganch tumani, 4 tasi Hazorasp tumani, 2 tasi Qo‘shko‘pir tumani, 8 tasi Xonqa tumani, 3 tasi Tuproqqal’a tumani, 10 tasi Yangiariq tumani, 5 tasi Xiva shahri, 10 tasi Shovot tumani, 1 tasi Gurlan tumani, 4 tasi Xiva tumani va 9 tasi Bog‘ot tumani hokimliklari tomonidan qabul qilingan qarorlarni tashkil etadi.
Umuman olganda, 609 ta ishning 227 tasi bo‘yicha arizalar qanoatlantirilib, mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari va xatti-harakatlari oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Mazkur davrda 13877 nafar shaxsga nisbatan 12167 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 7628 nafar shaxsga nisbatan 6971 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilgan, 6249 nafar shaxsga nisbatan 5196 ta ish tugatilgan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024