Malayziya kompaniyasi Toshkent viloyatida misni qayta ishlash loyihasini amalga oshiradi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziyaning LJACK kompaniyasi ijrochi direktori Tyu Sing Chyu, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Najmiddin Sharipov hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi vakillari o‘rtasida Toshkent viloyatida misni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish imkoniyati muhokamasiga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, onlayn tadbir davomida Malayziya tomoniga ushbu mahsulotni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish uchun xomashyo xarid qilish tartibi, loyiha uchun yer ajratilishi, mavjud infratuzilma va ishchi kuchlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Malayziya kompaniyasi rahbari ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishini, birinchi bosqichda loyiha qiymati 2 million dollar atrofida bo‘lishi, mahsulotlar to‘laligicha eksport qilinishini ma’lum qildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida loyihani amalga oshirish imkoniyatini o‘rganish uchun Malayziya kompaniyasi rahbarining Toshkent viloyatiga safarini uyushtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
1998 yilda asos solingan LJACK kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlash asosida dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlari nafaqat janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi, balki jahonning 20dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi.
Kompaniya yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish tizimini muntazam takomillashtirib borishga xizmat qiladigan tadqiqot markaziga ham ega.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi

08:35 / 14.04.2025