Iste’fodagi DXX xodimi Öktam Suvonov Xavfsizlik YouTube kanaliga bergan intervyusida aytişiça, bundan 10-11 yil avval özbekistonlik 2 ayol va 1 erkak sayohat maqsadida Malayziyaga borişadi. Ular özlari tanimagan odamlarga tegişli giyohvand moddalarni olib kirişgani uçun qölga olingan. E’tiborlisi ular jomadonlariga giyohvand modda yaşirilganidan bexabar bölgan. Suvonov xizmat faoliyati davomida mazkur işga oydinlik kiritiş maqsadida Malayziyaga borib, ölim jazosiga hukm qilingan özbekistonliklar bilan uçraşuv tafsilotlarini şunday xotirlaydi:

“Bir örmon içida joylaşgan qamoqxonaga bordim. Juda ayançli, ayollar qamoqxonasi. Kameraga kirib, ölim jazosiga hukm qilingan özimizning fuqarolarni kutdim. Eşik oçilib, bir onaxonni olib kelişdi: 56 yoşda, qöl-oyoğida kişanlar, boşi egilgan. Kiyim ham allambalo rangda. Olib kelganlar özlarining tilida “töğri qara” dedi. Ayol meni kördi-yu, ikki közidan duv yoş oqdi. “Mening hayotimda oxirgi körayotgan vatandoş özbek siz bölsangiz kerak.

Öşa ayollardan birining qizi xorijlik fuqaroga erga tekkan, ma’lum vaqt ötgandan keyin onasini Malayziyada tekinga dam olib ketişga taklif qilyapti. Onasi qöşnisini oladi, bu qöşni 54 yoşli, bir umr 25 yoşdagi nogiron qiziga qarab ötayotgan ayol edi. Uni olişgan, yana bir taniş yigitni olib uçovi xursand bölib Toşkentga kelişgan. Uçib ketiş oldidan aeroportda ularning oldiga bir notaniş yigit kelib uçta böş çemodan bergan, “şu çemodanga narsalaringizni joylaysizlar, uçib ketasizlar” degan. Ular nima bölayotganiga tuşunmay çemodanni olib narsalarini joylab, samolyotga keçikib borişgan va ötib ketişgan. Kuala-Lumpurda tuşgandan keyin ularni heç kim kutib olmagan.

Aeroport xavfsizlik xizmati tekşiruvida ularning çemodanidan har biridan 4 kilogrammdan sintetik giyohvand modda (metamfetamin tabletkasi) çiqadi. Söroqda ular buni kimdan olganini, kim olib kelib berganini ham ayta olişmagan va aybsiz aybdorga aylanişgan.

Ikkinçi ayol bilan gaplaşganimda şunçalik ezilganmanki, tasavvur qiling u ayol 25 yil davomida uyda ötirib nogiron bolasini tarbiyalab-östirgan. “Yuring, bir dam olib, havo almaştirib kelasiz, muammolaringizni sal unutasiz”, deb olib ketilib, ölimga olib boryapti. Xayoliga ham kelmagan narsa”.

Sobiq DXX xodimi intervyu davomida mazkur safarni taşkil etgan şaxslarni, jumladan, onasini Malayziyaga taklif qilgan qiz ortida kim turganini aniqlaşga harakat qilganini, biroq buning uddasidan çiqa olmaganini aytdi. Ayni paytda bu 3 nafar özbekning keyingi taqdiri noma’lumligiça qolgan.