Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda veloyo‘lak va piyodalar yo‘lakchasi qurishi lozim bo‘lgan MChJ rahbari 1,1 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi
MChJ rahbari va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritgan va bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali pullarni o‘zlashtirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, "N." MChJ rahbari va boshqalar tuman hududida velosiped va piyodalar yo‘lakchalarini qurish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib, 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026