RF Markaziy banki valuta yechib olish bo‘yicha cheklovni 2023 yil 9 martgacha uzaytirdi
Rossiyaga yevro va AQSh dollari banknotalarini olib kirish taqiqlanganligi munosabati bilan Markaziy bank 2023 yil 9 martgacha xorijiy valutadagi hisobraqami va depozitlardan 10 ming AQSh dollari yoki yevrodagi ekvivalentdan ortiq mablag‘ni yechib olishni taqiqlash muddatini uzaytirdi.
Rossiya Markaziy banki naqd xorijiy valutani yechib olish bo‘yicha cheklovlarni olti oyga — 2023 yilning 9 martigacha uzaytirdi, deb xabar berdi regulyator 1 avgust, dushanba kuni. Rossiyaliklar faqat 2022 yil 9 martgacha hisobraqam yoki depozitga tushgan pullarni chet el valutasida olish huquqiga ega, qolgan mablag‘larni yechib olingan kundagi bozor kursi bo‘yicha rublda olish mumkin, deya bildirdi MB.
Amaldagi cheklovlar omonat yoki valuta hisobraqamidan 10 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan yoki yevroda shunga o‘xshash summani yechib olishga imkon beradi. «Rossiya banki Rossiya moliya institutlariga g‘arb davlatlarida naqd pul olishni taqiqlovchi Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalar munosabati bilan naqd pulga nisbatan ushbu va boshqa cheklovlarni saqlab qolishga majbur», — deya tushuntirdi regulyator.
Bundan tashqari, MB 2023 yil 9 martgacha xorijiy valutani sotib olish bo‘yicha cheklovlarni saqlab qoldi – banklar faqat 2022 yil 9 apreldan keyin o‘z kassalariga kelib tushgan yevro va AQSh dollarini fuqarolarga sotishi mumkin.
2 mart kuni Yevroittifoq Rossiyaga yevro banknotalarini sotish va yetkazib berishni taqiqladi, bu taqiq jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, Rossiya rasmiylariga, jumladan hukumat va Markaziy bankka nisbatan qo‘llaniladi. 11 mart kuni AQSh dollariga nisbatan xuddi shunday taqiq joriy qilindi.
9 mart kuni Markaziy bank «naqd valuta bilan operatsiyalarni amalga oshirishning vaqtinchalik tartibi»ni joriy qildi. Regulyator chet el valutasini yechib olish uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida cheklov belgiladi, uni 9 martdan keyin ochilgan hisobraqamlardan yechib olishni, shuningdek, 9 sentabrgacha jismoniy shaxslarga bank kassalarida chet el valutasini sotishni taqiqladi.
Aprel oyi o‘rtalarida regulyator cheklovlarni yumshatib, banklarga o‘z bo‘linmalarida chet el valutasini sotishga ruxsat berdi. Jismoniy shaxslar xarid qilishi uchun faqat bo‘linmalarga 9 apreldan keyin kelib tushgan valuta mavjud edi.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024