Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtotashuvchilari Afg‘oniston orqali yuk tashishni boshladi
2 avgust kuni O‘zbekiston, Ozarboyjon va Turkiya vazirlarining uch tomonlama uchrashuvida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov «Turkiya – Kavkaz – Markaziy Osiyo – Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo» yangi multimodal yo‘lagini shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi.
«Janubiy Osiyo davlatlarining qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda o‘sish sur’atlarini tezlashtirish uchun nihoyatda yuqori salohiyat mavjudligini hisobga olib, Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarur.
Hozirgi vaqtda Afg‘oniston hududi orqali Pokistonga yuklarni qulay tashish imkoniyati mavjud, shuning uchun milliy tashuvchilarimiz bosqichma-bosqich buni sinovdan o‘tkazmoqda va Afg‘oniston orqali yuklarni olib o‘tishni boshlab yubordi», - dedi vazir.
Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarmida tashilgan yuklar hajmi 2,6 barobarga oshib, 330 ming tonnani tashkil etdi.
Bundan tashqari, mazkur yo‘nalish bo‘yicha MDH, Yaqin Sharq, Kavkaz va YeI mamlakatlariga yuklarni tranzit tashish 2021 yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobarga oshib, 52 ming tonnani tashkil etdi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026