Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki yilda 72 mingdan ziyod fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
O‘tgan ikki yil davomida 72 mingdan ziyod fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Anjumanda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan xalqaro standartlar asosida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari xususida ma’lumot berildi.
2019 yildan hozirgi kunga qadar jami 6 mln 183 ming 355 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirib berilgan.
Hozirgi kunda 57 ta xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonga elektron viza asosida kirish tartibi hamda 76 ta xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘lish tartibi belgilangan.
2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan Xitoyning Hongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi amalda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
12:17 / 30.06.2026