Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim korxonalar oqova suv tarmoqlaridan uzildi
“Salar” oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish bilan bog‘liq oqova suvlarini tashlayotgan korxonalarni o‘rganish maqsadida ishchi guruh faoliyat yurityapti.
Foto: Toshkent shahar suv ta’minoti
“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, inshootga yuqori ifloslangan, yoqimsiz va badbo‘y hidli oqova suv tashlashi ehtimoli bo‘lgan 30 ta korxona ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu korxonalar Sergeli, Yakkasaroy, Yashnobod, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarida joylashgan. Ishchi guruh tomonidan yuqoridagi korxonalardan 26 ta korxonaning oqova suv tarmog‘i va lokal tozalash inshooti texnologik holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida 4 ta ishlab chiqarish korxonasi oqova suvlar bo‘yicha belgilangan me’yorlarga mutlaqo amal qilmayotgani aniqlanib, “Kaya naturdarme” MChJ, “Zamon» MChJ, “Charm attor” MChJ, “Xayk Paper” MChJlar shahar oqova suv tarmoqlaridan uzildi.
Barcha o‘rnatilgan korxonalardan laboratoriya tahlillari uchun namunalar olingan. Me’yordan yuqori ifloslangan oqova suv uchun kompensatsiya to‘lovlari qo‘llanilmoqda.
Kelgusida belgilangan texnologik me’yorlarga to‘liq amal qilish bo‘yicha korxonalar rahbarlari ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
09:23 / 16.02.2026
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
14:38 / 11.02.2026