Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:17 / 05.08.2022
35906
2 daqiqa o‘qiladi
Rossiya qonunchiligida migrantlarga aloqador beshta o‘zgarish ma’lum qilindi
Foto: TASS
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migrantlari uchun Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Ular quyidagicha:
- patentga ega yoki RFda ta’lim olayotgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan farzandlari vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishi mumkin;
- "vizasiz" mamlakatlar fuqarolari (O‘zbekiston fuqarolari ham) RFdan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi tashrif maqsadini o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun IIV Migratsiya boshqarmasiga bildirishnoma bilan murojaat qilish kerak. Tashrif maqsadini patentga ariza berishda darhol "ish"ga o‘zgartirish mumkin. Agar chet el fuqarosi STIR (INN)ga ega bo‘lsa va uni arizada ko‘rsatgan bo‘lsa, patent olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmaydi. STIR (INN) bo‘lmasa, bu muddat 10 ish kunini tashkil qiladi;
- RFga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan chet el fuqarolari yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak;
- kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolari ishlashi mumkin;
- vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilingan taqdirda, chet el fuqarosi 15 kun ichida RF hududidan chiqib ketishi kerak.
Ushbu o‘zgarishlar 2022 yil 14 iyuldan kuchga kirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026