Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy elchisi O‘zbekiston TIVga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV axborot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoyning favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar XXR davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida va Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijalarini yuqori baholadi.
O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan oldin O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Tayvan atrofidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan yuzaga kelgan keskinlik tezroq bartaraf etilishiga umid bildirgandi.
«O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga muvofiq, «yagona Xitoy» siyosatini, ushbu mamlakatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi», deyiladi rasmiy bayonotda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
O‘zbekiston | 20:48
-
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV
Jahon | 20:08
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025