Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi magistral kanalidan jasadi topilgan 23 yoshli yigitning sportchi emasligi ma’lum bo‘ldi
Yigit sportchi sifatida biror bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmasligi, sportchi toifasi va natijalariga ega emasligi aytildi.
Bundan bir necha kun avval Kun.uz’da Qarshi magistral kanalidan 23 yoshli sportchining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum sportchining jasadini FVB g‘avvoslari topa olmagach, 2022 yil 14 iyul kuni uning akasi qarindoshlari bilan birga qidirib topgan. Marhumning akasi ukasi qotillik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Qashqadaryo viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi hodisa yuzasidan munosabat bildirib, suvdan jasadi topilgan yigit biror bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmasligini, sportchi toifasi va natijalariga ega emasligini bildirdi.
“Marhum sportchi sifatida biror bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmasligini, sportchi toifasi va natijalariga ega emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026