Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalaci bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bildirilishicha, mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 mlrd dollardan oshgan. Respublikada qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.
Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.
Mamlakatda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muhokama qilindi.
Davlat rahbari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
11:53 / 14.05.2026
Buxoroda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari muloqoti bo‘lib o‘tdi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
07:57 / 07.05.2026
MO davlatlari tuproqni himoya qilish uchun keng ko‘lamli iqlim loyihasini tayyorlamoqda
19:32 / 28.04.2026