Yaqinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar Rossiya bosib olingan hududlarda «soxta referendumlar» ötkazsa, Moskva va Kiyev örtasidagi muzokaralarni unutiş kerakligini aytgandi. Ertasi kuni Kreml kutilganidek javob qaytardi. Keyin esa Zaporijjya oblastining bosib olingan hududlarida rus armiyasi tomonidan taşkil etilgan ma’muriyat rahbari Yevgeniy Balitskiy bayonot berdi.

Zaporijjya janubi hozirda Rossiya bosqinçi kuçlari tomonidan nazorat qilinyapti. Zaporijjya AES ham şu yerda joylaşgan bölib, sönggi kunlarda uning hududi öqqa tutilmoqda va jang qilayotgan tomonlar bir-birini «yadro terrorizmi»da ayblamoqda. Bunday vaziyat ekspertlar va Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbariyatini taşvişga solmoqda.

Harbiy ekspertlar fikriça, aynan şu yerda, Ukraina janubida uruşning keyingi bosqiçidagi asosiy voqealar yuz beradi.

«Ukraina tarkibidan abadiy çiqiş»?

Özini «Zaporijjya oblasti rahbari» deb e’lon qilgan Yevgeniy Balitskiy Melitopol şahrida (Rossiya nazorati ostidagi hudud) bölib ötgan «Biz Rossiya bilanmiz» forumida hududning Rossiya «tarkibiga kirişi» böyiça refrendum ötkaziş haqidagi farmoyişni imzoladi.

«Zaporijjya yerlari Ukraina tarkibini abadiy tark etadi. Hudud Rossiya bilan birlaşiş yölini belgilab oldi va ortga qaytiş bölmaydi», degan edi avvalroq bosqinçilar ma’muriyatida boş kengaş a’zosi lavozimini egallagan Volodimir Rogov.

Zaporijjya oblasti (Ukraina) ma’muriyati raisi Aleksandr Starux hozirça bu taşabbusga izoh bermadi.

Işğoldagi Zaporijjya oblasti ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiy allaqaçon hudud aholisiga Rossiya pasportlarini tarqatişni boşlagan.
ALEXEI KONOVALOV/TASS

23 iyul kunidan mintaqaning Rossiya nazorati ostidagi hududida referendum ötkaziş uçun saylov komissiyasini tuzişga kirişdilar. Buning uçun bosqinçi hokimiyat Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasidan yordam söramoqçi.

Rossiya rasmiylari referendum kuzda bölib ötişini ta’kidlamoqda, biroq aniq sana aytilmagan. Xerson oblasti va özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» va «DXR»da ham «ovoz beriş»ga tayyorgarlik körilmoqda, biroq u yerda ham sana noma’lum.