Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash dorilari ro‘yxati kengayadi
Sog‘liqni saqlash vazirining “Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga o‘zgartirish kiritiladi.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatiga kam uchraydigan kasalliklarga qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyum kiritilmoqda.
Amaldagi ro‘yxatda 171 ta dori vositasi va tibbiy buyumlar kiritilgan. Yangi ro‘yxatga 5 turdagi dori vositalari va tibbiy buyum kiritilmoqda.
Ular:
- blinatumumab (monokolonal antitanacha, T-hujayralar prolefiratsiyasiga va SD19+ hujayralarni kamaytirishga imkon beradi);
- akalabrutinib (tirozikinaza bruton ingibitori bo‘lib, surunkali limfoleykoz bemorlarida, Ph-xromosoma manfiy bo‘lgan bemorlarda ishlatiladi);
- pomalidomid (to‘g‘ridan to‘g‘ri antimiyeloma tumoritsid faolligiga ega, immunomodulyator sifatida ta’sir qiladi va miyeloma o‘sma hujayralari o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi stromal hujayralarni faoliyatini to‘xtatadi);
- ekulizumab (rekombinant monoklonal antitanacha hisoblanadi);
- antimikrobli gidrogel bog‘lami miramistin bilan 7,5sm x 10sm bint bullyoz epidermolizi (tug‘ma bullyoz epidermoliz juda kamdan kam uchraydigan irsiy kasallik hisoblanadi).
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026