Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak
10 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi.
Mahalla hududidan o‘tuvchi Yuqori Qoraqamish kanali atrofi obodonlashtirilib, so‘lim xiyobonga aylantirildi. Piyodalar uchun ko‘priklar, bolalar o‘yingohi va sport maydonchalari, velosiped yo‘lagi, favvora barpo etildi. O‘rindiqlar, shaxmat stoli, charxpalak o‘rnatildi. Daraxtlar ekilib, chimlar yotqizildi. Kanal atrofidagi hududda 300 metr uzunlikdagi ishkomlar o‘rnatilib, uzumlar ekildi.
Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.
– Hozir mahalla faollari katta bir komanda bo‘ldi. Rais yonida o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika noziri bor. Bo‘lgandayam, oyligi, sharoiti, vakolati bilan bor. Endi shunday munosabatga javoban mas’uliyat ham bo‘lishi kerak. Jamiyatdagi o‘zgarishlarda mahalla tashabbuskor, xalqqa yelkadosh bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda bosh vazir o‘rinbosarlari mahalla faollari oldida Yunusobod tumaniga qancha investitsiya jalb etilishi, qancha ish o‘rni yaratilishi bo‘yicha axborot berdi.
Mavzuga oid
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025