Shols: Rossiya avvalgi asrlar nuqtayi nazaridan fikr yuritib, imperiya siyosatini olib boryapti
Kansler Olaf Sholsning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini Germaniya uchun eng katta chaqiriqdir. Bu haqda u ta’tildan so‘ng Berlindagi an’anaviy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda Germaniya hukumatini tashvishga solayotgan barcha muammolar ichida eng kattasi bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidir. Bu haqda 11 avgust kuni Germaniya kansleri Olaf Shols ta’tildan qaytganidan so‘ng Berlinda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rossiya Ukrainaga qarshi boshlagan urushni Shols «dahshatli» va Germaniyadan Ukrainaga «mustaqillik uchun kurashda» yordam berish uchun katta sa’y-harakatlar talab qiluvchi, deb atadi. Kansler Germaniyaning dunyo inqirozli hududlariga qurol-yarog‘ yetkazib bermaslik haqidagi avvalgi siyosatidan voz kechilganini hamda yaqinda Ukraina armiyasiga Germaniyaning zamonaviy harbiy texnikasi, jumladan, og‘ir texnikasi topshirilganini eslatib o‘tib, uni «juda samarali» deb ta’rifladi.
Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya 17-18-19-asrlar nuqtayi nazaridan fikr yuritib, imperiya siyosatini olib boryapti va qo‘shni davlatga hujum qilib, ular hududining bir qismini bosib olish mumkin, deb hisoblayapti». Ammo AQSh prezidenti Jo Baydendan farqli o‘laroq, Germaniya kansleri Vladimir Putinning o‘zini harbiy jinoyatchi deb atashdan tiyildi.
DW muxbirining tegishli savoliga javob berar ekan, Shols «bu jinoiy urush, bunga hech qanday shubha yo‘q», dedi. U Ukrainaga tashrifi va rus askarlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar faktlarini eslatdi. «Biz barcha choralarni ko‘rishimiz kerak, - deya ma’lum qildi Shols. - Ularni tergov qilishga erishish lozim». Kansler Putinning o‘zi haqida to‘xtalib, «bu urush uchun Rossiya prezidenti javobgar, u uni boshlashga qaror qildi va bu dahshatli, qabul qilib bo‘lmas urush biz kelishib olgan barcha qoidalarni buzadi», deb qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
14:20
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
23:32 / 20.12.2024
OAV: 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 mingdan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘ldi
17:48 / 20.12.2024